apro.uz elektron platformasidan foydalanish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

2023-yil 17-oktyabr kuni 82-sonli maktab binosida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari direktorlariga apro.uz elektron platformasidan foydalanish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi H. B. Salayev, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshligʻi S. Sadikovalar ishtirok etdilar.
Seminarda H. B. Salayev apro.uz elektron platformasidan foydalanish yoʻllari, oʻquvchi va oʻqituvchilarning bilimini baholash va natijasini tahlil qilish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Seminar yakunida  ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha maʼlumot oldilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati