TUMANDA BOTULIZMNING OLDINI OLISH BOʻYICHA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Botulizm – oziq-ovqatdan zaharlanish natijasida kelib chiqadigan xavfli kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikka chalinish holatlari kuz-qish va bahor oylarida juda ko‘p uchraydi. Shu sababli aholi o‘rtasida botulizm kasalligiga chalinishning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani SEO va JSB hamda Veterinariya bo‘limi laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda Dehqon bozorida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi “Oziq-ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi “Aholining Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi tegishli buyrug‘i,  Dehqon bozorlariga oid sanitariya qoida me’yorlari va gigiyenik normativlar  talablari ijrosini ta’minlandi. Shuningdek, aholi o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi ovqatdan zaharlanish,  o‘tkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari, xususan botulizm kabi xavfli ovqatdan zaharlanish kasalliklarining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida sanitariya-profilaktik tadbirlar ham o‘tkazildi. Sanitariya-targ‘ibot ishlari davomida yuqumli kasalliklar oldini olishga qaratilgan bukletlar tarqatildi.

Tadbir davomida sifati kafolatlanmagan uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chetlatildi.

B.Kalmurodov, tuman SEO va JSB sanitariya shifokori yordamchisi.