OʻZINI-OʻZI BAND QILGAN SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH TARTIBI

Туман янгиликлари

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.

O‘zini-o‘zi band qilganlar – bu xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslardir. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.

Bugungi kunda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytirilib, 80taga yetdi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishni xohlovchilar buni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ya’ni my.gov.uz, “Soliq” mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti my.soliq.uz orqali masofadan turib amalga oshirishi mumkin.

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, o‘zini-o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq to‘lovchilarning yagona reyestriga kiritiladi va foydalanuvchiga ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR kod) yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

 

Umida Saparbayeva

tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i.