MAQSADIMIZ – FUQAROLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH

Туман янгиликлари

Muhtaram Prezidentimiz “Sud binosiga kelgan har bir fuqaro O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak”, deya ta’kidlaganlariday, faoliyatimizda odil sudlov jarayonida fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini ta’minlashga intilmoqdamiz.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida joriy yilning 9 oyida 16 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi, 13 nafar shaxsga nisbatan JKning 57-moddasi qo‘llanilib, yengilroq jazo, 2 nafar shaxsga esa tibbiy yo‘sindagi choralar qo‘llanildi.

Ko‘rilgan jinoyat ishlarining 64tasi  ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 48tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 25tasi esa og‘ir jinoyatlardir. 19 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib, hukm chiqarildi, 1 nafar shaxs ishi bo‘yicha tegishli moddaning tegishli qismi yoki bandi qo‘llanilgan holda hukm chiqarildi. 15 nafar shaxsning ishi boshqa moddaga malakalanib, hukm chiqarildi, 6 nafar shaxsning jinoyat ishi boshqa moddaga malakalanib, hukm chiqarildi. 5 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan 5ta ish bo‘yicha 8 nafar, 60 yoshdan oshganlarga nisbatan 3 ish bo‘yicha 4 nafar, 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga nisbatan 47 ish bo‘yicha 61 nafar shaxslarga oid jinoyat ishlari ko‘rildi. 16ta ish bo‘yicha 24 nafar ayollarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida jami ko‘rib tamomlangan, o‘tgan yildan qoldiq bo‘lib qolgan va  to‘qqiz oy davomida ochilgan 107ta jinoyat ishidan 23tasi ibrat tariqasida sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sud-huquq sohasiga doir muammolarini o‘rganish maqsadida tumanning to‘qqiz ovul va mahallasida sayyor qabullar, huquqbuzarliklar, jinoyatlar kamayishiga, xavfsiz hududlar shakllanishiga hissa qo‘shish maqsadida aholi orasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazdik.

Ma’lumki, 2021 yil boshidan boshlab ma’muriy ishlarni ko‘rish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazildi. Shunga muvofiq, tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami 1339 nafar shaxsga nisbatan 1191ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib, tamomlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi sudlov jarayonlarida bag‘rikenglik va kechirimlilik tamoyillariga amal qilib, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun amaldagi qonunchilik normalaridan imkon qadar foydalanishga harakat qilayotir. Natijada fuqarolarning kelajakka bo‘lgan, sud-huquq organlariga bo‘lgan ishonchi ortmoqda.

Asqar SAFAROV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi.