HUQUQIY MAVZUGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR MASHGʻULOT OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Amudaryo tuman IIBning majlislar zalida Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining raisi Q.Atamuratov, Amudaryo tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi S.Abdullayev, Amudaryo tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Jumaniyazova, IJQKD Amudaryo tuman bo‘limi inspektori I.Sabirov, Amudaryo tuman DSI xodimi I.Ibragimov, Amudaryo tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tergovchilari va IIB profilaktika inspektorlari, jami 52 kishi ishtirokida “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish istituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2023 yil 27 sentyabrdagi 869-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tushuntirish yuzasidan sayyor seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminarni, Amudaryo tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev ochdi va seminar kun tartibidagi masala yuzasidan qisqacha tushunchalar berdi.

Shundan so‘ng, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi bu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘tkazilgan sayyor seminar mashg‘ulotida Amudaryo tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev va mas’ullar tomonidan seminar mashg‘uloti qatnashchilariga kelgusida O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 483-moddasida “Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rish doirasi”, ya’ni sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmasligini va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshirilishini, jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud qaror qabul qilish chog‘ida quyi instansiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni ko‘rishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi yoki tegishli taftish instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, e’tiborga olinadigan yangi dalillarning ham tekshirilishi to‘g‘risida misollar orqali batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 497-11-moddasida “Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish”, yani birinchi va ikkinchi qismlari o‘zgartirilgan tahrirda bayon etilishini, ya’ni ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497-2-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkinligini, hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda ish faqat hukm ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 499-moddasida “Birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) bo‘lgan huquq” bunda mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli ekanligi aytib o‘tildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidirlar. Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ham birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli bo‘ladilar.

 Seminar mashg‘uloti davomida sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqliligini, ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli bo‘lishi haqidagi va O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 510-moddasida “Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari”, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq bir qator o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida zarur ma’lumot va tushunchalar berildi.

Seminar mashg‘uloti so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga javoblar oldilar. Seminar mashg‘uloti bahs va munozaralar, samimiy muloqot tarzida o‘tdi.

A.SAFAROV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.