Ehtiyojmand fuqarolar doimiy e’tiborimizda

Туман янгиликлари

O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyun kungi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish  hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 82-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman bo’limi tomonidan aholiga bir qator ijtimoiy yordamlar ko’rsatilmoqda. 

So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish harajatlari YAIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarning huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishi va ta’lim olishiga ko‘maklashishi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda.

Tumanimizning  “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hafta davomida aholining ehtiyojmand fuqarolariga pratez-ortopediya moslamalari topshirildi.

Shundan 3 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar murakkab ortopedik poyavzal bilan ta’minlandi. Shuningdek 4 nafar fuqaro nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari tumanimizda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi  yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan 128 nafar fuqarolarga manzilli xizmat ko‘rsatish maqsadida  18ta ijtimoiy assistent biriktirilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari doimo e'tiborda. "Inson qadri" tamoyili doirasida qilinayotgan har bir ish insonni ulug'lash, ularga sifatli zarur yordamlar ko'rsatishga qaratilgan.

 

G’ulomjon DUYSUNBOYEV, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori