Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Туман янгиликлари

Tumandagi 83-sonli maktabda 21-oktyabr kuni “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, bu ishlarga yoshlarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga to‘xtalib, har bir Vatan farzandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi zarurligini qayd etdi.

Qayd etilganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. 

Shundan so‘ng, ona tilini ulug‘lovchi bir qator she’rlar o‘qildi.

Tadbirda maktab o’quvchilari o’rtasida “Diktantlar tanlovi”, “Kim zukko?”, “Harflar raqsga tushganda”, “Eng chiroyli husnixat egasi” tanlovlar o’tkazilib g’olib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.  

Muqaddas Allaberganova, 83-sonli maktab ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi