2023-yil 1-oktyabr holatiga tumanning doimiy aholisi 211 ming 120 nafar kishini tashkil qildi

Туман янгиликлари

2023 yil 1 oktyabr holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 211 ming 120 nafar kishini tashkil qilib, shundan 107 ming 80 nafari erkaklar, 104 ming 40 nafari esa ayollardir.

Aholining 25,7 foizi, ya’ni 54,3 ming nafari shaharda, 74,3 foizi, ya’ni 156,8 ming kishi qishloq joylarida yashaydi.

Amudaryo tumanida 2023 yilning 1 oktyabr holatiga tug‘ilganlar soni 3 ming 770 nafarni, vafot etganlar soni esa 813 nafarni tashkil qildi.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1 ming 121 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ajrashganlar soni ­– 119 ta.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman hududiga ko‘chib kelganlar soni 231 nafar, tumandan ko‘chib ketganlar soni esa 640 nafarni tashkil qildi va yil boshiga nisbatan tuman aholisi 2 ming 548 nafarga ko‘paydi.

H.Haytimbetov, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i