“YASHIL MAKON” AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

Туман янгиликлари

Prezidentimiz tomonidan eʼlon qilingan “YASHIL MAKON” umummilliy loyihasi dasturi doirasidagi koʻchat ekish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Loyiha doirasida yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, koʻchat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.Aksiya doirasidagi ushbu ezgu ishlarda Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari ham faol qatnashib, tashabbus koʻrsatishmoqda.

Loyiha doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan boʻlim xodimlari tashkilot binosi atrofidan ajratilgan hududlarda mevali va manzarali daraxt koʻchalarini ekishdi, ona tabiatimizning gullab-yashnashiga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Shuningdek, boʻlim hududidagi mavjud maydonlarda obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish bilan bir qatorda  mavjud daraxtlarga shakl berilib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

T.Babaniyazov, tuman SEO va JS  boʻlimi sanitariya shifokori.