CHOYKO'L OVULIDA "MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK – JAMIYAT BARQARORLIGI GAROVI" MAVZUSIDA TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

Туман янгиликлари

Bugungi kunda dinlararo bag’rikenglikka erishish uchun ular o’rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo’lidagi hamkorlik ishlari aloqalari samarali yo’lga qo’yilmoqda.

Amudaryo tumani Choyko’l ovuli binosida ‘‘Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik –jamiyat barqarorligi garovi‘‘ mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligining din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Ma’naviyat-ma’rifat” markazi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Mahmud Eshmanov, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, “Noʻgʻoy eshon bobo” masjidi imom-xatibi Oʻktam Qurboniyazov hamda mahalla faollari, ko’chaboshchilar qatnashdilar.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi murakkab davrda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun dinlar, millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bir-birini tushunish g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanliklari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tdilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati