Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda

Туман янгиликлари

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari tumanimizda “Boshqaruv organlari FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha  harakatlari” mavzusida  qo‘mondonlik, shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman evakuatsiya, epidemiyaga, toshqinga qarshi kurash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish komissiyalari a’zolari, tuman iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash komissiyasi a’zolari, tuman hududida joylashgan barcha muassasalar, korxonalar va tashkilotlar hamda  mahallalardagi ish bilan band bo‘lmagan aholi ishtirok etishdilar.

O‘quv mashg‘ulotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni o‘z vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, qutqaruv-qo‘riqlash harakatlarini bexato olib borish, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini tashkil etish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha soha mas’ullari batafsil ma’lumot va tushunchalar berishdan iboratdir.

Shuningdek fuqaro muhofazasi xizmatlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari sardorlarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun safarbar etiladigan kuch va vositalarni boshqarish, ularga rahbarlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishdir.

O‘quv mashg‘ulotda ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududdan jabrlangan aholini evakuatsiya qilish tadbirlarini olib borish, xavfsiz joylarga ko‘chirilgan aholiga kundalik hayot maromini ta’minlovchi zaruriy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini olib borishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDqT tuman bo‘g‘ini kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda favqulodda vaziyatlar o‘chog‘ida qidiruv-qutqaruv kabi kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish to‘g‘risida aytib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulot davomida fuqaro muhofazasi xizmatlari boshliqlarining, muassasa, tashkilot va korxonalar rahbarlarining qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘yicha ishchi xaritalari ishlab chiqildi.

Ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotda nazariy va amaliy qismlari orqali ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini ta’minlash, obyekt fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas’ulning asosiy vazifalari, bu vazifalarni amalga oshirish jaaryonida qanday moliyaviy manbalardan foydalanishlari, shuningdek, ko‘rsatib berilgan ko‘rgazmali maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari orqali fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish, qutqaruv ishlarini olib borish hamda mazkur jarayonda ishtirok etadigan texnika vositalaridan unumli foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati