Ogohlik – davr talabi! Nega?

Туман янгиликлари

Yosh avlodni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga e’tibor tobora kuchayayotgani bejiz emas. Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar soni ko‘payayotgani, ular orasida yoshlarning ko‘p ekanligi har birimizni ogoh va xushyor bo‘lishga undaydi. Chunki ijtimoiy tarmoqlar buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish orqali jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga intilayotgan g‘arazli kuchlar aynan hali ongi, hayotiy qarashlari to‘la shakllanib ulgurmagan o‘smir-yoshlarni o‘z ta’siriga olishga urinadilar.

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq, yoshlarni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazmoq bugungi kunda ota-onalarninggina emas, butun jamiyatning vazifasidir.

Yaqinda tumanimizning Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan Choyko‘l ovulida Davlat xavfsizlik xizmati tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan birgalikda “Ogohlik – davr talabi” nomli profilaktik tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda ovul fuqarolar yig‘ini mas’ullari, faollari, Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etdilar. Unda  kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi va ota-onalar bilan o‘zaro fikr almashildi. Davlat  xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimi D.No‘monov, Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘ini raisi Begzod Aytekovlar ota-onalarni, keng jamoatchilikni yoshlar kamoli yo‘lida yaqin hamkorlikda ish olib borishga chaqirdilar. Chunki ogohlik – davr talabi.

Sherzod Atayev, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Mang‘itdagi harbiy qism xizmatchisi.