Bir guruh yurtdoshlarimiz 11-noyabr - "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati taqdirlandi

Туман янгиликлари

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘grisida’gi qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi yarim milionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olinadi.
Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo‘lgan e’tibori natijasida mana ikki yildirki mamlakatimizda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”ni belgilash doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan " Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" g‘oyasi doirasida shu yilning 9 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublika rahbarlari, mehnat faxriylari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev tadbir ishtorokchilarini bayram kuni bilan tabrikladi
Shuningdek, tadbirda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raislari hamda vazirliklar ishtirok etdi.
Unda Qilichboy ovul fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Jasurbek Otamuratov “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, Nazarxon ovul fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Guljahon Temirxanova “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, Bobur mahalla fuqarolar yig’ini profilaktika inspektori Hamid Nurekeyev “Eng yaxshi profilaktika inspektori” deb topilib, diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida sanʼatkorlar ijrosida konsert dasturi bilan davom etdi.


Tuman hokimligi Axborot xizmati