TOʻGʻRI OVQATLANISH, SOGʻLOM TURMUSH TARZIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI AHOLIGA KENG TUSHUNTIRILMOQDA

Туман янгиликлари

Prezidentimizning “Aholining sog‘lom ovqatlanishini  ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishgalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik xodimlari hamkorligida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, har bir fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyati shakllantirilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik va ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishdan ortda qolish kelib chiqadi. Kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, hovli atroflarini toza tutish, o‘z yashash uylarida xonalarini muntazam ravishda shamollatish, badantarbiya mashg‘ulotlarini kanda qilmaslik, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiluvchi gigiyena qoidalariga rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

M.Kashkarova, tuman SEO va JS  bo‘limi sanitariya shifokori