XALQIMIZNING SANITARIYA MADANIYATINI YUKSALTIRISH – ASOSIY VAZIFAMIZ

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy hujjatlari asosida Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi natijasida keyingi yillarda tumanimizda ushbu sohada ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi barqarorligini ta’minlash, tuman hududiga o‘ta yuqumli, karantin infeksiyalarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda. SEO va JS bo‘limini malakali kadrlar bilan ta’minlash,  moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish, markaz binolari va laboratoriyalarini zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish, jihozlash, elektron o‘lchov asbob-uskunalari bilan ta’minlab borish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan samarali foydalanish orqali axborot-almashinuvini tizimli ravishda olib borish kabi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratilmoqda.

Obyektlarni qurish va ekspluatatsiya qilishda, ularni joylashtirishda aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olishga  qaratilgan ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini o‘tkazish,  joriy sanitariya nazorati davomida atrof-muhit monitoringini, ochiq suv havzalari, atmosfera havosi va tuproqning har xil kimyoviy, biologik chiqindilar, turli zararli mikroblar,  parazitar kasalliklar chaqiruvchilari bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga

oshirilmoqda.

Shuningdek, ichimlik suvi manbalari va inshootlari, kommunal, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, bolalar va o‘smirlar muassasalarida,  umumovqatlanish va savdo-sotiq obyektlarida, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida sanitariya nazorati o‘tkazish yo‘li bilan sanitariya holatini yaxshilashga erishilmoqda.

Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini nazorat qilish va sanitariya madaniyatini oshirish, profilaktika yo‘li bilan har xil yuqumli kasalliklarning oldini olish, favqulodda vaziyat yuz berganda aholiga sanitariya-epidemiologik xizmat ko‘rsatish, aholi orasida sanitariya madaniyatini targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirish va ta’sir choralarini ko‘rish orqali sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar olib borilmoqda.  Bundan tashqari, boshqariladigan  infeksiyalarga  qarshi o‘tkazilayotgan profilaktik emlash ishlarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash va boshqariladigan infeksiyalarning qayd qilinishining oldini olish hamda aholi o‘rtasida yangi rejali emlash taqvimiga kiritilayotgan  profilaktik emlash ishlarining ahamiyati va samaradorligini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli  masalalarini hal etishning yangicha “Mahallabay” ishlash tizimi tashkil etilgan bo‘lib, sanitariya-epidemiologik  osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh vakillari ishtirokida   aholi  orasida mavsumiy  kasalliklar, o‘tkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari,  botulizm va boshqa turdagi ovqatdan zaharlanishlar, virusli gepatitlar, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, parazitar gijja kasalliklarining profilaktikasi hamda ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar to‘g‘risidagi profilaktik tarqatma materiallari orqali sanitariya-targ‘ibot ishlari olib borilib, bu tadbirlarga keng jamoatchilik qamrab olinmoqda.

Men fursatdan foydalanib, aziz xalqimizni, hamkasblarimizni sog‘liqni saqlash xodimlari kuni bayrami bilan chin dildan tabriklayman va ularga mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatlarida yutuqlar tilayman.

G.Bekiyev, tuman SEOvaJS bo‘limi boshlig‘i.