"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi

Туман янгиликлари

Korrupsiya – bu jamiyatnining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli jinoyat hisoblanadi. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazibgina qolmasdan, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik va boshqa hodisalarning ildiz otishiga sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu illat dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Uni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, mamalakatimizda ham mazkur jinoyatning oldini olish maqsadida bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mehanizmlari ishlab chiqildi va keskin kamayishiga erishildi.

18-noyabr kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida tuman FVB shaxsiy tarkibi bilan "Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda tuman Adliya bo'limi xodimi S.Sultanov, M.Matyuspovlar yig'ilganlarga o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarishlarini, ish jarayonini holislik va shaffoflik tamoyillari asosida samarali usulda tashkil etishlari lozimligini aytib o'tdilar.

Shuningdek, korrupsiviy holatlarning oldini olishda barcha birdek harakat qilishi lozimligini bu esa jamiyat rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Darhaqiqat, ba’zi fuqarolarning qonunlarga e’tiborsizligi, befarqligi, har bir ishni pul orqali hal qilish mumkin degan fikri uning farzandlari va oilasi oldida, yashab turgan joyidagi hamqishloqlari orasida yuzini yerga qaratadi. Shunday ekan ushbu illatdan barchamiz yiroqda bo‘laylik!

Tuman hokimligi Axborot xizmati.