Kuzgi shudgor – ertangi moʻl hosilga zamin

Туман янгиликлари

Dehqonchilikdan mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati katta. Sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.

Yerlarni kuzgi shudgorlashga kirishishdan oldin texnikalar sifatli ta’mirlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlanishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Sifatli shudgorlangan maydonlarda sho‘r yuvish, yaxob suvi  berish, erta bahorda dalalarni ekishga sifatli tayyorlash kabi agrotexnik tadbirlar gektarlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Tumanimizda joriy yilgi ekinlardan bo‘shagan dalalarda kelgusi yil hosili uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlanib ketdi. Bu boradagi tadbirlar, tabiiyki, kuzgi shudgorlashdan boshlanadi.

Kuzgi shudgorlashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun mavjud texnikalar sifatli ta’mirlanib, mavsumga shay qilib qo‘yildi.

Joriy yil kuzida tumanimiz bo‘yicha 12420 gektar ekin maydonlarini shudgorlash rejalashtirgan. Bu ishda qatnashayotgan 43ta yuqori unumli, 50ta oddiy  surim texnikalari yuqori unum bilan ishlashiga erishilayotir.

Mavjud 364ta fermer xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini 6 noyabrdan 30 noyabrgacha sifatli shudgorlash rejalashtirilgan. Bu ishlarda  qatnashadigan texnikalar 15ta surim otryadlariga biriktirildi va shudgorlash jadvali ishlab chiqildi.

Ayni kunlarda tumanimizning ekindan bo‘shagan maydonlarida kuzgi shudgorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda va kuniga 300 gektar atrofidagi maydonlar sifatli shudgorlanmoqda. To‘lqin ovulidagi “Amat To‘rayev”, Qipchoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xo‘jaliklarida esa kuzgi shudgorlash ishlari noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida nihoyasiga yetkazildi. Xo‘jaliklarda kuzgi shudgorlash ishlari davom etmoqda.      

Oygul RAJABOVA.