Tuman Adliya bo'limi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi

Туман янгиликлари

Inson manfaati – oliy qadriyat hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosida ayni maqsad ustuvor oʻringa qoʻyilayotgani joylardagi oʻzgarishlarda yaqqol sezilmoqda.
Binobarin, odamlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda. Ayniqsa, chekka hududlardagi aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida ommaviy sayyor qabullar ovul fuqarolari hayotida muhim oʻrin tutmoqda.
30-noyabr kuni tumandagi Qilichboy ovul fuqarolar yig'ini binosida tuman Adliya bo'limi boshlig'i J.Bekimbetov, tuman Davlat xizmatlar markazi bo'limi boshlig'i S.Haytboyev, tuman FXDY bo'limi xodimi N.Ungarovalar ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida turli xil masalalar bo'yicha 15ta murojaat qabul qilindi.
Bugungi kunda yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanimiz boʻylab oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida yordamga muhtoj aholining muammolari oʻrganilib, koʻplab ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Javohir Urozboyev, Qilichboy OFY hokim yordamchisi