Mahallalar obod, insonlar hayoti farovon bo‘lmoqda

Туман янгиликлари

2023-yilning 30-mart kuni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga kelgan Shavkat Mirziyoyev aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 3 ta yangi tashabbusni ilgari surgan edi.

Qoraqalpog‘iston sanoatini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish doirasida hududdagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratililishi belgilandi. Buning uchun alohida Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, unga 2023-yilda 250 milliard so‘m ajratildi.

Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda yurtboshimiz tomonidan qaratilgan yuksak e’tibor va ishonchni oqlash, yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ajratilgan mablag‘ ovul va mahallalarda insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilmoqda.

Xususan, Farovon MFY hududidagi Xalqabod ko‘chasiga xizmat ko‘rsatadigan transfarmator o‘rnatildi, elektr liniyalari tortildi va tayanch ustunlari o‘rnatildi. Shu orqali elektr energiyasi bilan bog‘liq muammaolar hal qilindi. Shuningdek, Kimyogarlar-4 ko‘chasidan Kimyogarlar-16 ko‘chasiga tosh yotqizildi. Bu orqali piyodalar va haydovchilar uchun yo‘llarda harakatlanish yanada osonlashdi. Qolaversa, Kimyogarlar ko‘chasiga bolalar maydonchasi qurildi.  Farovon MFY binosiga quyosh paneli o‘rnatildi hamda piyodalar yo‘lakchasi qurildi.

Do‘stlik mahallasida ham ajratilgan mablag‘ hisobidan xayrli va samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Do‘stlik MFY ma’muriy binosiga quyosh paneli o‘rnatildi. Mahalla hududidagi Sho‘rchi, Gurlan berk ko‘chalariga tosh yotqizildi.  Sho‘rchi ko‘chasiga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi hamda Do‘stlik ko‘chasiga kamera o‘rnatildi.

Bu boradagi tizimli ishlar barcha ovul va mahallalarda davom qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.