"Qipchoq panton" kòprigi vaqtinchalik yopiladi

Туман янгиликлари

Amudaryo daryosiga tushib turgan suv miqdorining ko'payishi, shuningdek, sovuq havo oqimi tufayli muz harsanglarining yig'ilib qolganligi sababli avtotransport vositalari boshqaruvchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida 4r181 transport yo'lining 4-kmda joylashgan "Qipchoq panton" ko'prigi shu yilning 22-fevral kunidan boshlab vaqtinchalik yopilishini ma'lum qilamiz!

"Qipchoq panton" ko'prigining òtkazish holatini yaxshilash, muz harsanglarini tarqatish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar yakunlangandan keyin ko'prik ochiladi. Bu bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.