Jo‘qorg’i Kenges Raisi Amudaryo tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Туман янгиликлари

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida Amudaryo tumanida tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha Amudaryo tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda investitsion loyihalarni ishga tushirish, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan va eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda mutasaddi vazirlik, idora rahbarlari ishtirok etdi. Aytish joizki, hurmatli Prezidentimizning rahbarligida yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Faqat Qoraqalpog’iston uchun qabul qilingan tarixiy qaror va farmonlar bu boradagi choralar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ayrim soha mutasaddilarining o‘z vazifasiga bee’tibor qarashi va boshqa sabablarga bog’liq uchrayotgan muammolar bo‘yicha yaqindan muloqot qilindi. Har qanday investitsion, ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish borasidagi loyihalar Prezidentimiz tomonidan har doim qo‘llab-quvvatlanishi Jo‘qorg’i Kenges Raisi tomonidan alohida ta’kidladi. Uchrashuv davomida bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan Muammolar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning ko‘pchiligiga joyida echim topish choralari ko‘rildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, tez fursatda ijobiy echim topish bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Axborot xizmati