Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqdlarda Amudaryo tumanida hududlarda tabiiy gaz yetishmayotgani mazmunidagi murojaat e'lon qilingan.

Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Qoraqolpog‘iston” filiali «Amudaryotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi quyidagilarni ma'lum qiladi.

2024-yil fevral oyi uchun belgilangan jami kunlik limit miqdori 285000 m3 bo‘lib, shundan “Mang‘it-2” AGRSiga 230000 m3, “To‘lqin” AGRSiga 29000 m3, “”Qipchoq” AGRSga 14000 m3, “Berdaq” AGRSga 12000 m3 belgilanganligiga qaramasdan, AGRSlarga belgilangan limitdan tashqari ortiqcha kunlik o’rtacha 109000 m3 tabiiy gaz olingan. Xususan, “Mangit-2” AGRS orqali kunlik 330000 m3, “To’lqin” AGRS orqali 35000 m3, “Berdaq” AGRS orqali 13000 m3, “Qipchoq” AGRS orqali 16000 m3 tabiiy gaz olingan.  

Shuningdek, joriy yilning mart oyi uchun belgilangan jami kunlik limit miqdori 168000 m3 bo’lib, shundan “Mang’it-2” AGRSiga 130000 m3, “To’lqin” AGRSiga 19000 m3, “Qipchoq” AGRSga 11000 m3, “Berdaq” AGRSga 8000 m3 belgilanganligiga qaramasdan, “Mang’it-2”AGRSiga belgilangan limitdan tashqari ortiqcha kunlik 110000 m3 tabiiy gaz olinmoqda.

Shunga qaramasdan mahallaning oxirgi nuqtalariga gaz yetkazib berishda qiyinchiliklar vujudga kelmoqda.  Aholi xonadonlarida o’zboshimchalik bilan qo’lbola nasoslar qo’shilishi holatlari aniqlanmoqda. Oqibatda ushbu hududni ta’minlovchi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi yo’qolishi kuzatilmoqda. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida joriy yilning boshidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi, Ichki ishlar bo’limi, mahallalar mas’ullaridan iborat ishchi guruh hamkorlikda xonadonlarda reydlar o’tkazilishi natijasida 21 ta noqonuniy qo’lbola nasoslaridan foydalanish holatlari aniqlandi hamda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib, jami 74057,8 ming so’m jarima solindi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida aholi xonadonlariga uyma-uy kirib noqonuniy qo’lbola nasoslaridan foydalanmaslik yuzasidan tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borilmoqda. 

Tuman hokimligining Axborot xizmati.