UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI QISHLOQ VA MAHALLALARGA KO‘RK BAG‘ISHLADI

Hashar – xalqimiz uchun azaliy bobomeros qadriyat, birdamlik, millatlaro totuvlik, mehr-oqibat va saxovat ramzi. Har yili an’anaga aylangan Navro‘z – umumxalq bayrami arafasidagi xayriya hasharida mamlakatimizdagi 9 mingta mahallada bu yil ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib,  16 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Amudaryo tumanida ham umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Tumanning Qilichboy mavzesidan to Nazarxon qishlog‘i kengliklarigacha bo‘lgan bepoyon hududlarda 10dan ortiq millat vakillarini bir ezgu maqsad – Amudaryo tumanini O‘zbekistonning yanada obod va farovon, havosi musaffo, yeri, suvi ekologik toza hududiga aylantirishdek xayrli niyatlar yanada jipslashtirdi. Xitoy va Bo‘zyop ovullaridan Jumurtov, Qipchoq va Qangligacha bo‘lgan guzar yo‘llari, dala yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylarida amalga oshirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida minglab tup dov-daraxtlarga shakl berildi, tuplari oqlanib, quriganlarining o‘rniga yangi ko‘chatlar o‘tqazildi.

Shuningdek, umumta’lim maktablari, sog‘likni saqlash muassasalari, madaniy-maishiy obyektlar, tadbirkorlik subyektlarining atroflaridagi daraxtzorlar, archazorlarga alohida shakl berilib, bu hududlarga ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gul ko‘chatlari ekildi.

Ayniqsa, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari hasharda hamjihatlik bilan keng miqyosli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Markaziy shifoxona hududidagi archazorlar, shifokorlar bog‘i tartibga keltirilib, daraxtlarga shakl berildi. Qish oylaridagi qor-yomg‘irlar tufayli ranglari ketib qolgan shifoxona hududidagi yo‘laklar chetlaridagi beton to‘siqlarni bo‘yash, daraxtlarni oqlash, ariqlarni chimlardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika atrofi va gulzorlar tozalanib, ekishga tayyorlab qo‘yildi.

Hashar – elga yarashar, deb bejizga aytilmagan. O‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan hududlarni, qishloq va mahalla guzarlarini, ko‘chalar va imoratlarini fayzli, go‘zal go‘shaga aylantirish istagida bo‘lgan amudaryoliklar hashar bahonasida xayr-saxovat ishlarini ham amalga oshirdilar. Uy-joylarining ta’miriga ro‘zg‘or xarajatlaridan orttirib mablag‘ ajratolmayotgan hamqishloqlari, mahalladoshlari holidan xabar olishib, ularning xonadonlarida ta’mirlash-tiklash ishlarida yaqindan ko‘makdosh bo‘ldilar.

Ayniqsa, bu borada el-yurtda yuksak obro‘-e’tiborga ega nuroniylarning umumxalq hasharida ishtirok etgan 12566 nafar yoshlarga bosh-qosh bo‘lib, ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini tartibga keltirish, tomorqa yerlarida ekish-tikish ishlariga ko‘maklashishdek xayr-saxovat tadbirlarini amalga oshirganlari o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari uchun haqiqiy ibrat bo‘ldi.

Shu kuni amudaryoliklar ota-bobolari mangu qo‘nim topgan qabristonlarda ham keng ko‘lamli  obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Xususan, Choyko‘l qishlog‘i hududidagi No‘g‘ay Eshon, Nazarbobo, Bobo Rustam, Amir Temur nomli ovul hududidagi Ming yarim shahid, Qilichboy  mavzesidagi Yoqub Eshon bobo, Kuyuk ko‘pir va Xitoy qishloqlaridagi Haq Saidjon bobo, Qumsangar, Jumurtov shaharchasi hududidagi Salomat bobo, Nazarxon qishlog‘idagi Bes mulla kabi tumandagi barcha qabristonlar turli shox-shabbalardan, qurigan o‘t-o‘lanlardan, ortiqcha chiqindilardan tozalandi. Tumandagi 1ta ziyoratgohda ham keng miqyosli ishlar olib borildi. Shu bilan birga, mazkur qabristonlarda ruhlari  mangu qo‘nim topgan insonlar xotiralariga qur’on oyatlaridan tilovatlar qilindi.

Amudaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari tomonidan bajarilgan ishlar yanada samarali bo‘ldi. Mazkur korxona ishchi-xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli Mang‘it shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylaridagi dov-daraxtlar ohaklandi, yo‘l chetlaridagi beton to‘siqlar va ustunlar oq, qora ranglarda bo‘yalib, bezak berildi. Dehqon bozori atrofidagi tadbirkorlik subyektlari tartibga keltirilib, Dehqon bozorining ichki va tashqi qismlari turli maishiy chiqindilardan tozalandi va yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida shahar tashqarisidagi chiqindi poligoniga chiqarib tashlandi.

Tuman hududidagi qishloqlar va mahallalarni oqar suv bilan ta’minlovchi ariqlar hududlar aholisi va yoshlar tashabbuslari bilan tozalanib, ayrim hududlarda qazuv ishlari ham amalga oshirildi.

Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan olib borilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tufayli Amudaryo tumanidagi 49ta qishloq va mahallalar hududlari yanada go‘zal va ko‘rkamlik kasb etdi.

Shuningdek, Mang‘it shahrining Navoiy nomli, Oybek nomli, Chordara, Durunki, Do‘stlik, Yangiobod, Farovon mahallalari hududlaridagi har bir ko‘cha, har bitta xonadon va mazkur mahallalar hududida faoliyat olib boruvchi idora va tashkilotlar atroflari umumxalq hasharidan so‘ng yanada obod va ko‘rkam qiyofaga kirdi. Xonadonlarning fasad qismlari ohaklanib, ko‘chalar chetidagi beton ariqlar tozalandi. Umumxalq hashari tufayli Amu elining har bir go‘shasi aholisi Navro‘z taraddudini boshlab yubordilar.

Yangi kun – yangi dehqonchilik faslini chor-atrofni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari bilan boshlashga odatlangan amudaryoliklar 17 mart – umumxalq xayriya hasharida hamjihatlik bilan ishtirok etishdi. “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu umumxalq xayriya hasharida 48 ming 325 nafar kishi ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning 12 ming 566 nafari yoshlar bo‘lib, ularning sa’y-harakatlari bilan 297 gektar maydon turli xas-xashak va chiqindilardan tozalanib, 227 tonna chiqindi chiqindi poligoniga chiqarib tashlandi. 238 km. uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi va 36ta qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, 415ta ko‘chalar obodonlashtirildi hamda aholi tomonidan ko‘chalar, yo‘llar bo‘ylariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda 34ta texnika vositalari jalb etildi.

Umumxalq xayriya hasharida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan fuqarolarga xayr-saxovat ko‘rsatilib, ulardan uy-joylari ta’mirga muhtoj bo‘lgan 43 nafarining  imoratlari ta’mirlab berildi.

Shunisi e’tiborliki, oddiy fuqarolar, uy bekalaridan  tortib, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov va hokimlik bosh mutaxassislari ham faol ishtirok etgan umumxalq xayriya hashari tufayli Amudaryo tumanining barcha qishloq va mahallalari haqiqatan ham yanada obod va fayzli maskanlarga aylandi.

Robiya YO‘LDOSHЕVA.