Navbatdagi mehnat yarmarkasida 33 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi

Туман янгиликлари

15 aprel kuni Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasi Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman Prokuraturasi, IIB, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi bilan xamkorlikda tashkil qilindi.

Tadbirni tuman Kambag‘allikni qishqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Baltabayev ochdi hamda olib bordi. U o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligiga ko‘maklashish, aholini ish bilan ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng islohotlar xususida to‘xtaldi.

Xususan, bandlik bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlar joriy etilayotgani, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani, joylarda tegishli mas’ullar tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashda tizimli ishlar olib borilib, aholining, xususan yoshlarning muammolari, ularni ish bilan band qilish masalalari o‘rganilayotgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash borasida qator amaliy choralar ko‘rilayotgani, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘mak berilayotgani, bu kabi amaliy ishlar aholi farovonligi, oilalarning daromadi barqarorligiga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Yarmarkada 37 ta korxona va tashkilotlar 218 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasiga tuman huddudida yashovchi ish izlovchi fuqarolar, ishsiz yoshlar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari tashrif buyurishdi.

Yarmarkada jami 37 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi. Ularning 14 nafari yoshlar, 18 nafari ayollar, 2 nafari bitiruvchilar, 1 nafari mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, 16 nafari esa ishsiz yurtdoshlarimizdir.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 33 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Ularning 12 nafari yoshlar, 18 nafari ayollar, 2 nafari esa oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridir. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan 1 nafar hamyurtimiz ham mazkur mehnat yarmarkasida ishga joylashtirildi. Yarmarka ishtirokchilaridan 1 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Tadbirda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari 2 nafar yoshlar hamda 15 nafar ishsiz fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berishdi. Bundan tashqari, yarmarkas davomida boshqa mas’ullar tomonidan ham ishtirokchilarning mehnat qonunchiligi borasidagi barcha savollariga tegishli javoblar berildi.

Bu kabi mehnat yarmarkalari aholining ishsiz qatlami, ayniqsa yoshlar va ayollarni ishga joylashtirish orqali ularning jamiyatda o‘zini namoyon qilishlariga ko‘maklashish, oilalarning daromad manbaini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahmiyatlidir.

R.Salayev, Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i