Rasmiy munosabat

Туман янгиликлари

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Tosh yop OFY hududidagi aholi qaramog’idagi qishloq xo’jalik hayvonlariga, ya’ni eshak va qoramollarga noma’lum hayvonlar hujum qilayotgani va yeb ketayotgani to’g’risida ma’lumotlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, o’rganish ishlari olib borildi. Holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari vaziyatni o’rganib chiqdi hamda mazkur holatning takrorlanmasligi va oldini olish maqsadida daydi itlardan himoyalash uchun maxsus vositalar bilan atrof-muhitni dizenfeksiya qilish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, tuman Veterenariya bo’limi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra zararlangan hayvonlarni maxsus dizenfeksiyalovchi vositalar bilan dizenfeksiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Hududda quturish kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida 674 bosh it va 16 bosh mushuk hayvonlari emlangan. Shuningdek, hududda mutaxassislar tomonidan qishloq xo’jaligi va uy hayvonlarini ham yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.