Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibiga o’zgarishlar kiritildi

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda arzon uy-joylar va ko‘p kvartirali uylar qurish ko‘lamini kengaytirish, sohaga yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali aholining uy-joy maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu hujjat asosida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Mazkur qarorda davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar, tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi kabi qator ustuvor vazifalar ko’rsatilgan.

Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.