Tuman bo‘yicha 24 ming 993 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlanmoqda

Тадбирлар

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Amudaryo tumanida ham aholini kuz-qish mavsumida aholi va ulgurji iste’molchilarni issiqlik va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Tuman aholisini asosiy issiqlik energiyasi manbayi hisoblangan tabiiy gaz hamda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” filiali “Amudartumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tizimli faoliyat olib bormoqda.

Tumanda jami 38 ming 849 xonadon bo‘lib, shundan 13 ming 856 xonadon tabiiy gaz bilan gazlashtirilgan,  24  ming 993 ta xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tumandagi barcha tabiiy gaz iste’molchilariga 5 ta gaz taqsimlash punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Ulardan ikkitasi Tosh yop ovulida, qolganlari To‘lqin, Nazarxon ovullari hamda Beshtom mahallasida joylashgan. Bugungi kunda foydalanishda 407 km gaz tarmoqlari bo‘lib, shundan 53,5 km yuqori bosimli, 65,3 km o‘rta bosimli va 288,9 km past bosimli gaz tarmoqlaridir. Tabiiy gaz yetkazib beruvchi gaz quvurlarining 15,8 km qismi yer ostida va 392 km qismi yer ustida joylashgan.

Tumanda jami suyultirilgan gazdan foydalanuvchi 24 ming 993 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 12 ming 947 xonadon tabiiy gaz yetib bormagan, 12 ming 46 xonadon esa tabiy gaz yetmasligi sababli suyultirilgan gazga moslashtirilgan.

2021 yil 1 iyundan suyultirilgan gaz ballonlarni tarqatish ID kartalar orqali amalga oshirilishi boshlangan bo‘lib, hozirda tumanimizdagi suyultirilgan gazdan foydalanuvchi xonadonlarga ID karta tarkatish ishlari davom etmoqda va jami aylanmadagi 27 ming 982 dona ijara ballonlari, 12 ming 19 dona aholi o‘z hisobidagi gaz ballonlariga stikerlar yopishtirilgan.

Tuman aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda gaz tarqatish shoxobchalari faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, shoxobchalardan uzoq hududlarda yashovchi xonadonlarga maxsus transport vositalari yordamida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, tuman buyicha jami 39 ta maktabgacha ta’lim muassasalari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinayotgan bo‘lib, joriy yilning 30 oktabr holatiga suyultirilgan gaz bo‘yicha belgilangan limit 3 ming 477 tonna bo‘lib, shundan 3 ming 222 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholiga tarqatilgan. Tuman aholisiga ijaraga jami 27 ming 982 dona yangi maishiy gaz ballonlari tarqatilgan bo‘lib, joriy yilning 30 oktabr holatiga 821 dona yangi gaz ballonlari ijaraga tarqatilgan.

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” filiali “Amudartumangaz”gaz ta’minoti bo‘limi tuman aholisi o‘rtasida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash va yong‘inlar kelib chiqishi kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlik qilinib, ko‘pchilik aholi vakillari jalb etilmoqda.

J.Yermetov, “Amudaryotumangaz” gaz ta’minot bo‘limi boshlig‘i.