Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari tayinlandi

Туман янгиликлари

Kamolov Nodirbek Shuhrat o‘g‘li Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 2021 yil 30 noyabrdagi farmoyishi bilan Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Kamolov 1993 yilda Amudaryo tumanida tug‘ilgan.

2018 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2018-2019 yillarda Amudaryo tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi, 2019-2021 yillarda Amudaryo tumani hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifalarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Amudaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nodirbek Kamolovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz