65-SONLI MAKTABDA ERKIN VOHIDOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLAB OCHIQ DARS TASHKIL ETILDI

Туман янгиликлари

Erkin Vohidov o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri edi. U chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir. Shu bois umumta’lim maktablarida shoirning ijodi va hayoti chuqur o‘rganilib kelinmoqda.

22 dekabr kuni 65-sonli maktabning 6-sinfida adabiyot fanidan o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodi bo‘yicha bir soatlik ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga atoqli shoir va adibning sermazmun, badiiy yuksak she’r va dostonlari, dramatik asarlarida ona-yurtimiz va xalqimizga, milliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyg‘usini katta mahorat bilan tarannum etgani, betakror ijodi milliy ruhi va xalqchilligi, hayotiyligi bilan adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagani xususida keng ma’lumotlar berildi. Darsning mustahkamlash qismida o‘quvchilar adib hayoti va ijodi to‘g‘risida berilgan savollarga guruhlarga bo‘lingan holda javob berdilar. Shuningdek, o‘quvchilar shoirning she’rlarini, dostonlaridan parchalarni ifodali yod aytib berdilar.

Ochiq darsni maktabning ona tili va adabiyoti metod birlashma raisi B.Tluboyeva, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Nasirillayev va shu maktab o‘qituvchisi A.Erboyevalar kuzatib bordilar.

Qiziqarli o‘tgan dars barchaga manzur bo‘ldi.

                                                                                         Anora Qozoqova, 65-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.