Amudaryo tumani maxalliy byudjeti mablag‘larining 2021 yil 9 oyi davomida sarflanishi to‘g‘risida hisobot

Тадбирлар

2021-yil 9 oyi davomida tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi 35 979 197,0 ming  so‘mni tashkil qildi. Ushbu rejaning ijrosi 40 667 851,9 ming so‘mga, yaʻni reja 113,0 foizga yil boshidan 4 688 654,9 ming so‘mga ortiqcha bajarildi.

Bundan tashqari, Qorakalpag‘iston Respublikasi byudjetidan olingan maksadli ijtimoiy transfertlar miqdori 86 624 615,0 ming so‘mni tashkil qildi.

2021 yil 9 oyi davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan o‘zgarishlardan keyin jami 152 635 757,8 ming so‘mni tashkil qildi. 2021 yil 9 oyi davomida byudjet mablag‘lari xarajatlari xisobidan jami 147 469 547,35 ming so‘mlik mablag‘lar sarflandi.

Jumladan,

-Qishloq xo‘jaligi va obodonlashtirish sohasiga jami 18 629 999,49 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 12,6 foizini tashkil qilgan.

-Maktabgacha taʻlim sohasiga jami 12 568 031,31 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 8,5 foizini tashkil qilgan. Shundan maktabgacha taʻlim muassasasida taʻlim olayotgan bolalar uchun oziq-ovqat xarajatlari uchun 5 332 573,6 ming so‘m sarflangan va davlat sherikchiligi, xususiy maktabgacha taʻlim muassasalariga subsidiyalar uchun jami 4 238 315,8 ming so‘m.

-Taʻlim sohasiga jami 7 113 645,44 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 4,8 foizini tashkil qilgan.

-Madaniyat va sport sohasiga jami 4 047 289,8 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 2,7 foizini tashkil qilgan.

-Sog‘liqni saqlash sohasiga jami 48 812 077,8 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 33,0 foizini tashkil qilgan. Shundan tibbiyot muassasida davolanayotgan beʻmorlar oziq-ovqat xarajatlari 763 991,6 ming so‘m, beʻmorlar dori-darmon xarajatlariga 1942461,7 ming so‘m so‘m sarflangan.

-Ijtimoiy taʻminot sohasiga jami 43 596 519,55 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 29,5 foizini tashkil qilgan.

-Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, yoshlar va ayollar daftari xarjatlari jami 948 200,0 ming so‘m sarf-xarajat qilingan.

 

-Boshqaruv organlari sohasiga jami 6 553 181,05 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 4,4 foizini tashkil qilgan.

-O‘zini o‘zi boshqarish organlari sohasiga jami 3 886 261,79 ming so‘m sarf-xarajat qilingan. Jami byudjet xarajatlari hajmining 2,6 foizini tashkil qilgan.

-Zaxira jamg‘armasi mablag‘ari uchun jami 1 308 128,12 ming so‘m sarf-xarajat qilingan.

-Boshqa xarajatlar jami 6 203,0 ming so‘m sarf-xarajat qilingan.

 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining va tuman xokimining tegishli qaror va farmoishlari asosida byudjet mablag‘lari tasdiqlangan rejasidan tashqari kuyidagi mablag‘lar sarflangan.

 

Yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari xisobidan jami 6 133 015,55 ming so‘m sarflangan.

Jumladan

-tuman xokimligi xarajatlari uchun jami 2 271 084,2 ming so‘m

-moliya bo‘limiga yuqori tezlikdagi yopiq virtual tarmoq xarajatlari uchun jami 18 143,8 ming so‘m

-tuman obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar xisobidan jami 2 272 871,77 ming so‘m

-tibbiyot soxasi xarajatlari uchun jami 59 459,6 ming so‘m

-sport maktabi xarajatlariga jami 616 640,0 ming so‘m

-maktabgacha taʻlim xarajatlariga jami 457 098,06 ming so‘m

-xalq taʻlimi xarajatlari jami 436 723,12 ming so‘m

-pensiya jamg‘armasi bo‘limi xarajatlari uchun jami 995,0 ming so‘m

 

Daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi mablag‘lari xisobidan jami 4 416 508,64 ming so‘m sarflangan.

Jumladan

-tuman xokimligi xarajatlari uchun jami 130 637,62 ming so‘m

-obod qishloq jamg‘armasi va tashshabbusli byudjet jamg‘armasi xarajatlari uchun 2 962 300,0 ming so‘m

-madaniyat soxasi xarajatlari uchun jami 20 000,0 ming so‘m

-xalq taʻlimi xarajatlari jami 355 371,02 ming so‘m

-yoshlar daftari xarajatlari uchun jami 474 100,0 ming so‘m

-ayollar daftari xarajatlari uchun jami 474 100,0 ming so‘m

U.Bekniyazov, tuman Moliya bo‘limi mudiri.