2021 yilda tuman bo‘yicha jami 4 ming 880 nafar fuqaroga identifikatsiya ID kartalari rasmiylashtirib berildi

Туман янгиликлари

Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat – pasport tizimi qoidalariga rioya etish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mas’uliyatli burchi hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimizda vaqtincha bo‘lib turgan shaxslar uchun ham Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tishlari hamda mamlakatimizda vaqtinchalik yashab turish qoidalariga qat’iy amal qilishlari talab etiladi.

Bu borada Amudaryo tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi, chet el fuqarolarining mamlakatimizda vaqtincha bo‘lib turish tartibiga rioya etishlari qat’iy nazoratga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgust kungi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2018 yil 28 dekabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Amudaryo tuman Ichki ishlar bo‘limining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasida 2021 yil davomida 14 ming 463 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, xorijga chiqish beometrik pasportlari rasmiylashtirib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga asosan biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID kartalarini olish va almashtirish uchun tuman Ichki ishlar bo‘limining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilgan fuqarolarga shu kunning o‘zida ID karta rasmiylashtirilib berilmoqda.

Jumladan 2021 yil davomida jami 4 ming 880 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib ularning barchasiga ID karta rasmiylashtirib berildi.

Bo‘limga 2021 yil boshidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun 17 nafar shaxslar murojaat qilishgan.

Shuningdek, 2021 yil boshidan 2 nafar chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan.

Tuman hududida o‘tkazilgan “Pasport-viza” tadbiri davomida 2021 yil boshidan beri 344 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlanib, bu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 223-moddasi 1-qismiga ko‘ra, ma’muriy bayonnomalar to‘ldirildi va davlat foydasiga jami 35 million 690 ming so‘m miqdorida jarima undirildi va ushbu fuqarolarning barchasiga ID karta rasmiylashtirilib berildi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlaridan 2021 yil boshidan beri tumanimizga 1 ming 188 nafar shaxslar kelgan. Shulardan 954 nafari Qozog‘iston Respublikasi, 61 nafari Rossiya Federatsiyasi, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasi, va 1 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolaridir. Shuningdek, Turkiya, Germaniya va Ozarboyjonning 1 nafardan fuqarolari vaqtincha yashash uchun ro‘yxatga olingan.

Amudaryo tumaniga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2021 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari rioya qilmasdan yashab kelganligi holatlari aniqlanmadi.

Bo‘linma tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 14 noyabr kungi buyrug‘i talablari asosida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar muallifiga javob xatlari o‘z vaqtida berib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasidan hamda Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasidan o‘tgan 2021 yil davomida tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga 6 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, belgilangan tartibda o‘z vaqtida o‘rganib chiqildi va murojaat egalariga javob xatlari yuborildi.

Ayni paytda Amudaryo tumani hududida Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 358 nafar, chet el fuqarolari 215 nafarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabr kungi 593-sonli va 408-sonli Qarorlariga asosan ushbu fuqarolarning yashash manzillari belgilangan tartibda tekshirilib, O‘zbekiston Respublikasida yashash qoidalariga amal qilishlari qat’iy nazoratga olingan. Shu bois, tuman hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash qoidalarini buzish holatlari uchramayapti.

Bo‘linma tomonidan Amudaryo tumani hududida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z vaqtida aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Natijada o‘tgan 2021 yil  davomida jami 71 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi va barchasiga ID karta berildi.

A.Umarov, Amudaryo tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan.