MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

27 yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida “Yangi hududda yangi imkoniyatlar. Aholining iqtisodiy-ijtimoiy farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilayotgan istiqbolli loyihalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda, tuman hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Rashid Salayev, tuman hokimligi bosh mutaxassisi Rashid Abdullayev, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi Akbar Gulmurzayev, siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari rahbarlari, hokimlik mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab Rashid Salayev Amudaryo tumanida investitsiya masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-2023 yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi bo‘yicha 79 ta, umumiy qiymati 458 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Shundan 2022 yilda qiymati 302 mlrd. so‘mlik 63 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2 ming 515 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zlanmoqda.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan tuman moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi Akbar Gulmurzayevning hisoboti tinglandi.

Akbar Gulmurzayev tumanning asosiy o‘sish nuqtasiga aylangan xizmat ko‘rsatish sohasida 2022 yil uchun belgilab olingan parametrlar haqida keng turda ma’lumotlar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati salkam 54 mlrd.so‘m bo‘lgan 49 ta xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi hamda bundan tashqari qiymati 120 mlrd. so‘mlik 540 ta loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga yil yakuniga qadar 2 ming 68 nafar ishsiz fuqarolarning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilarining o‘z vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlar haqida ham tushunchalar berildi. Anjumanda hokim yordamchilari mahallasiga ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirishi aytib o‘tildi. Ajratilayotgan mablablag‘lar mahalla infratuzilmasini yaxshilashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholi bandligini ta’minlashga yo‘naltirilishi ta’kidlandi.

Anjuman yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimligi mutasaddilariga murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rahbarlarning, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va bayonotlari, axborot xizmatlarining xabarlari, rasmiy veb-saytlarining materiallari va ommaviy axborot vositalarining materiallari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari sanaladi. Fuqarolar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish huquqiga egalar. O‘tkazilgan matbuot anjumani ham fuqarolarni uman hokimligining faoliyati hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tuman hokimligining axborot xizmati