TADBIRKORLARGA TO‘SIQ BO‘LAYOTGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

Туман янгиликлари

Amudaryo tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan o‘tgan 2021 yilda 246 ta masala bo‘yicha 244 ta murojaatlar ro‘yxatga olindi. Hududlarda 44 ta sayyor qabullar tashkil etildi.

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yosh tadbirkorlardan jami 67 ta murojaatlar qabul qilinib, ularda qayd etilgan muammoli masalalarning 47 tasi ijobiy hal etildi, natijada yosh tadbirkorlar tomonidan 4 ta ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi. Tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning faolligini oshirish va tadbirkor ayollar muammolarini tezkor hal etish maqsadida ulardan 69 ta murojaatlar qabul qilinib, shundan 49 tasi ijobiy hal etildi. Shu orqali tadbirkor ayollar tomonidan 7 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashildi.

 

Murojaatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 69 taga kamaygan. Kredit olish masalasidagi murojaatlar soni 13 taga ko‘paygan. Banklar tomonidan ko‘rib chiqilgan jami 126 ta murojaatlarning 93 tasi ijobiy hal etilib, 33 tasiga tushuntirish berilgan.

Tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi huzuridagi tadbirkorlarning jamoatchilik Kengashi tomonidan kelib tushgan murojaatlar har oyda tahlil qilinib, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdim qilish uchun 13 ta takliflar kiritildi.

Qabulxona qoshida 1100 raqamli “Ishonch telefoni”, Telegram internet tarmog‘ida “Tadbirkorlar qabulxonasi” kanali, bundan tashqari qabulxonada “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat ko‘rsatmoqda.

M.O‘razboyev, tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini

ko‘rib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi.