KO‘P XONADONLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLIGA QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA

Туман янгиликлари

Tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan ko‘p xonadonli uylarda yashovchi aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumanida jami 52 ta ko‘p xonadonli uy-joylar mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi Jumurtov shaharchasida, 1 tasi Qipchoq shaharchasida, 4 tasi Tosh yop ovulida, qolgan 44 tasi Mang‘it shahrida joylashgan. 2015-2020 yillar oralig‘ida 10 ta ko‘p xonadonli uylar yangidan qurilgan. Mazkur ko‘p xonadonli uy-joylarga namunali xizmat ko‘rsatish maqsadida 2017 yil 2 ta  “Mang‘it bino ta’mir”, “Amudaryo bino ta’mir” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari va 2021 yilda “Man bino ta’mir” MCHJ tashkil qilindi. Bugungi kunda shirkat tomonidan ko‘p xonadonli uy-joylardagi muammolarni o‘rganish, ularni hal etish choralarini ko‘rish, aholidan badal mablag‘larini yig‘ish ishlari olib borilib, tijorat banklarnining kredit mablag‘larini o‘z vaqtida so‘ndirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida 2019 yildan yangi tizim joriy qilindi, ya’ni, aholidan yig‘iladigan majburiy badal mablag‘larini undirish billing tizimi - “Obod uy” elektron dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Bu tizim ko‘p xonadonli uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Hozirgi paytda ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Mazkur  tizimda tushumni undirish avtomatik tarzda olib boriladi va aholi to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshiradi. Ya’ni, xonadon egasining telefon raqami bazaga kiritiladi, fuqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tumanda 42 ta ko‘p xonadonli uylarning ta’mirtalab bo‘lgan tom qismi yangidan zamonaviy profnastil bilan yopilib, axolining kuz-qish mavsumidan betalofat o‘tishiga sharoit yaratildi.  Shuningdek, 42 ta ko‘p xonadonli uyarning old tomoniga beton qoplamali yo‘laklar qurildi. 15 ta ko‘p xonadonli uylarga yangidan umumfoydalanish hojatxonalari qurib berildi. 18 ta ko‘p xonadonli uylarning old tomoniga bolalar maydonchasi tashkil qilinib, yonida 1 tadan bostirma, 41 ta ko‘p xonadonli uylarning kirish yo‘laklariga temir eshiklar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 41 ta uyning fasad qismlarida, 29 ta uyning kirish yo‘laklarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2021 yil davlat dasturi asosida 3 ta qo‘p xonadonli uy-joylarning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

Sanjar Murodov, tuman uy-joy kommunal

xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i.