HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN SЕMINAR O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Tuman hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari hamda hokim yordamchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Tuman hokimligi hamda Adliya bo‘limi tomonidan tashkil qilingan seminarda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Matyusupov tomonidan qayd etib o‘tilgan qonunni amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan ayrim masalalar, shu jumladan, yangidan ish boshlayotgan hokim yordamchilari tomonidan e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar va talablar haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, seminarda Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish, o‘rganish natijalarini xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

M.Matyusupov,

tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i.