Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tumanda amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Туман янгиликлари

t/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Hudud rahbarlarining maktablarni rivojlantirish boʻyicha mas’uliyatini oshirish

1.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman kengashini tashkil etish.

1. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman kengashini tashkil etish.

2. Kengashning birinchi yigʻilishini oʻtkazish hamda kengash vazifalarini belgilash.

2022-yil fevral

Tuman hokimligi, Xalq ta’limi boʻlimi

2.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tumanning dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng muhokama qilish uchun veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2. Muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha tuman xalq deputatlari Kengashida taqdimot oʻtkazish.

2022 yil
fevral

 

 

 

 

2022 yil
1-mart

 

Tuman hokimligi, Xalq ta’limi boʻlimi

3.

Tuman  xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini malakali rahbar kadrlar bilan ta’minlash.

1. Tuman xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda:

tuman xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining bilim va koʻnikmalarini baholash;

baholash natijalaridan kelib chiqib tuman xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

tuman  xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni nazarda tutish.

2. Tuman  xalq ta’limi boʻlimi va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

2022-yil
1-aprel

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2022-yil
1-sentabr

Tuman hokimligi, Xalq ta’limi boʻlimi

II. Maktablarning moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash

4.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Tumandagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, jihozlanishini va infratuzilmasini tahlil qilish;

2. Ta’mir talab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini aniqlash;

3. Mahalliy byudjet mablagʻlarini taʻmirtalab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga yoʻnaltirish.

2022 yil

15 fevral

 

2022 yil

1 may

 

2022 yildan boshlab

Tuman hokimligi, tuman Qurilish boʻlimi

5.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida qurilish-taʻmirlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

Bunda maktablarning yangi binolarini qurish va ularni bevosita mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida foydalanishga qabul qilish mexanizmini joriy etish.

2. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik holatini va xojatxonalar sanitariya-gigiena talablariga javob berishini oʻrganish.

3. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʻmirlash hamda jihozlashga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish.

2022 yil

1 avgustdan boshlab

 

 

 

2022 yil

1 mart

 

 

2022 yil

1 noyabr

Tuman hokimligi, Qurilish boʻlimi, Xalq ta’limi boʻlimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash

boʻlimi, Tuman prokuraturasi, Tuman Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

6.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda “Bolalar kutubxonalari” moddiy-texnika bazasini tahlil qilish.

2. Tahlil asosida ushbu muassasalarni qurish, rekostruktsiya qilish va mukammal taʻmirlash hamda jihozlash boʻyicha mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan dastur ishlab chiqish.

3. Dastur asosida “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2022 yil

1 aprel

 

2022 yil

1 may

 

 

Dasturda koʻrsatilgan muddatlarda

Tuman hokimligi, Qurilish boʻlimi, Xalq ta’limi boʻlimi

7.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

maktablarning yer maydoni va binolaridan samarali foydalanish;

qoʻshimcha binolarni barpo etish orqali maktablarning quvvatlarini oshirish;

maktablarning binolari, inshootlari, sinf xonalari va jihozlarining foydalanish uchun qulayligini ta’minlash;

maktablarga quyosh paneli va issiq suv kollektori oʻrnatishga eʻtibor qaratishni nazarda tutish.

2022-yil mart

Tuman hokimligi, Qurilish boʻlimi, Tuman  Kadastr agentligi

8.

Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki, YUNISEF, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2. Strategiyani tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiga takliflar tayyorlash va kiritish.

2022 yil

1 dekabr

 

 

2023 yil

1 yanvar

Tuman hokimligi, Tuman  Xalq ta’limi boʻlimi, Moliya boʻlimi, Iqtisodiy taraqqiyot va

kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

III. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va pedagoglar salohiyatini oshirish

9.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish.

1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Bunda, chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:

oʻqituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish;

oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

mediaresurslar yaratish;

aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bogʻlash;

malakali xorijiy mutaxassislarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish.

2022 yil 1-iyun

Tuman hokimligi, Tuman  Xalq ta’limi boʻlimi

10.

Maktab oʻqituvchilariga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

1. Har bir hududda yetakchi oliy ta’lim muassasasi huzurida professor-oʻqituvchilar, akademik litsey hamda umumta’lim maktablarining malakali va tajribali oʻqituvchilaridan tashkil topgan mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

2. Har oyda mobil metodik guruhlar tomonidan hududlardagi kamida ikkitadan ta’lim sifati past, muhiti ogʻir boʻlgan maktablarga borib, pedagoglarga ilgʻor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil 1-mart

 

 

 

2022 yil
1-apreldan boshlab

Tuman hokimligi, Tuman  Xalq ta’limi boʻlimi

11.

Ta’lim sifatini oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

1. Tuman hokimligi tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari boʻyicha xorijiy mutaxassis (metodist, oʻqituvchi)ni mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan jalb qilish va ularga barcha shart-sharoitlarni ta’minlash.

Bunda:

xorijiy mutaxassis tomonidan oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatishni tashkil etish;

xalqaro standartlarga mos boʻlgan darsliklarni Milliy oʻquv dasturi bilan moslashtirish;

jalb qilinadigan mutaxassislar tomonidan tumandagi maktablarda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida maktablar roʻyxatini Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Tuman hokimligi, Tuman  Xalq ta’limi boʻlimi

12.

Malakali va tajribali oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish.

1. Xalq ta’limi vaziri jamgʻarmasini tashkil etishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiga takliflar ishlab chiqish.

Qaror loyihasida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan, ta’lim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan, oʻquvchilari yuqori bilim koʻrsatkichlariga erishgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tartibi belgilanadi.

2022 yil fevral

 

 

 

2022 yil 15-mart

Tuman hokimligi, Tuman Xalq ta’limi boʻlimi,

Moliya boʻlimi

13.

Maktablarda besh tashabbus doirasida toʻgaraklar tashkil etish.

1. Mavjud bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini ular joylashgan hududdagi maktablarga biriktirish hamda kamida 1 ta sport toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga takliflar ishlab chiqish.

Bunda:

bolalar va oʻsmirlar sport maktablari metodistlari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatish;

har bir maktabda futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish;

sport musobaqalari boʻyicha tuman va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʻsis etish;

2022 yil 1 mart

 

 

2022 yil 1 mart

 

 

 

Tuman Turizm va sport boʻlimi, Madaniyat boʻlimi Xalq ta’limi boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi

tuman Kengashi

14.

Maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

1. Har bir harbiy okrugning 2022 yilga moʻljallangan maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik

ruhida tarbiyalash boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqish.

2. Maktab oʻquvchilari uchun poligonlarda harbiy dala mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda ularni chavandozlar maktabiga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti sogʻlom boʻlmagan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarga harbiy ta’lim muassasalari, «Temurbeklar maktablari», harbiy qism ofitser va serjantlarini yakka tartibda biriktirish.

2022 yil 1 mart

 

Tuman hokimligi, Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, Milliy gvardiya,

Xalq ta’limi boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi