Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

24 fevral kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududida joylashgan 82-sonli umumta’lim maktabi binosida tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Akbar Ismailov, tuman hokimi o‘rinbosari Mahmud Shermetov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Mo‘’minjon Matyusupov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘linmasi vakili, Xalq ta’lim bo‘limi mas’ul xodimlari hamda maktab direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek yig‘ilishda, maktablarda joriy etilishi kutilyotgan e-huquqshunos tizimi hamda Xalq ta’limi tizimiga doir boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Dastlab tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Akmal Ismailov yig‘ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng Davlat xavsizlik xizmati Amudaryo tuman bo‘linmasi xodimi tomonidan korrupsion holatlarning oldini olishda barcha birdek mas’ulligi, ayniqsa bu borada ta’lim tizimida yanada hushyorlik ta’lab qilinishi aytib o‘tildi. Jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan ko‘riladigan jazo choralari muqarrar ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek yig‘ilishda, tuman hokimi o‘rinbosari Mahmud Shermetovning Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar, mas’ul idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish haqidagi fikrlari tinglandi.

Qolaversa, 2022 yil davomida Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tumanda amalga oshiriladigan ishlar rejasi tasdiqlanganligi va ushbu reja asosida tizimli ishlar amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar hususida tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan keng turda ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, maktablarda joriy etilishi kutilyotgan e-huquqshunos tizimi haqida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Mo‘’minjon Matyusupov ken turda tushunchalar berdi.

Yig‘ilish yakunida maktab direktorlarining o‘z ishiga mas’uliyatini oshirishi, maktabda sog‘lom rivojlantiruvchi muhitni yaratishi lozimligi, pedagog kadrlar bilan ishlashda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jixatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish ishtirokchilaridan 21-sonli direktori Tursinboy Doschanov, 22-maktab direktori Azim Bekbergenov, 26-maktab direktori Yalg‘ash Shamuratov hamda 31-sonli maktab direktori Nilufar Davletovalarning xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, maktablarga yangi innavotsion pedagogik texnologiyalarni olib kirish, o‘qituvchilarning bilim salohiyatini oshirish, hamda maktablarda sog‘lom raqobat muhitini shakillantirish bo‘yicha takliflari tinglandi.

Darhaqiqat, ertangi kunning egalari bo‘lgan yosh avlodni ma’nan yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishi Xalq ta’limi xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklaydi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.