“Adolat” SDP deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashdi

Туман янгиликлари

Bugun hayot shiddat bilan o‘zgarib, kundan-kunga ol­dimizga yangi talablar qo‘ymoqda. Ana shunday bir vaziyatda xalq vakili bo‘lgan deputat hayotni ziyrak bo‘lib kuzatib borishi, o‘ylashi, aholini tashvishlantirib kelayot­gan masalalarni hal etish choralarini doimiy izlashi kerak.

 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Akbar Rajapov ham o‘z deputatlik burchini his qilib oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarmoqda. Deputat 28-“Daryo bo‘yi” saylov okrugidan tuman Kengshi deputatligiga saylangan kundan e’tiboran aholi muammolari bilan tizimli ravishda ishlab kelmoqda.

 Bugun deputat tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar hamda uchrashuvlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Sababi, aholi muammolarini joylarga chiqqan holda o‘rganish, ular bilan yuzma-yuz ko‘rishib murojaatlarini tinglash qolaversa, fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishlarida qulayliklar yaratish har qachongidan ham muhim va dolzar ahamiyat kasb etadi.

4 mart kuni deputat Akbar Rajapov hamda partiyaning deputatlik guruhi a’zolari tomonidan Besh tom mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mahalla raisi Ozod Seytimov, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi Jasur Yermetov, Yoshlar yetakchisi Husan Ashirbayevlar ham qatnashib aholining muammo va takliflaridan iborat murojaatlarini tinglashdi.

Uchrashuv davomida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istagan fuqarolardan Bozorgul Saparova aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash istagi borligini bildirib, suv tozalovchi uskuna olishda amaliy yordam berilishini, O‘rozbika O‘tamuratova imtiyozli kredit ajratilishi bo‘yicha, hamda O‘razimbat Saparniyazov yer ajratilishi masalalarida murojaat qilishdi. Murojaatlar deputat tomonidan qayd etib borildi. Hamda tegishli tartibda tushuntirishlib tez kunda hal etilishiga kelishib olindi.

Shundan so‘ng, mahalla hududida yashovchi fuqarolar tomonidan ekin yerlarini sug‘orishda muammolar mavjudligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Deputat tomonidan shu yerning o‘zida tegishli chora −tadbirlar ishlab chiqilib texnik vositalar jalb qilindi hamda ariqlar tozalanib oqova suv yo‘li kengaytirildi.

Bundan tashqari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari ham “Temir daftar” va “Ayollar daftari” da turuvchi Qurol Bekenov, Flyura Xolbayeva, Nodira Jumaniyazova, Gulasal Kamalova hamda Gulbahor Xolimbetovalar holidan xabar olib 1 qop un tarqatishdi. Fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lishib deputatlarga minnaddorlik bildirishdi.

Shu kunga qadar aholining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining huquqiy muhofazasini ta’minlash borasida partiya tashabbusi bilan ko‘plab takliflar kiritilib kelingan. Partiyalardan tuman Kengashiga saylangan barcha deputatlar o‘z dasturlaridan kelib chiqib o‘z faoliyatlarini samarali tarzda amalga oshirishmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, har bir siyosiy partiya o‘zgacha qarashlar va tamoyillarga asoslansa ham, ular asosiy maqsad − Vatan ravnaqi yo‘lida birlashadilar.

O‘.Yuldashev,

“Adolat ” SDP Amudaryo tuman Kengashi raisi