NAZARXON OVULIDA AHOLIGA SAYYOR TARTIBDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Nazarxan ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanish borasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va sohadagi o‘zgarishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida sayyor qabul tashkillashtirildi.

5 mart kuni bo‘lib o‘tgan ushbu sayyor qabulda Davlat xizmatlari Agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi va fuqarolar yig‘ini mas’ullari, ovul faollari, hudud aholisi  ishtirok etdi.Tadbirda mas’ullar dastlab yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining izchillik bilan takomillashtirilishi aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini berayotgani, ayniqsa, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish fuqaro va tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar tug‘dirayotgani haqida so‘z yuritdilar. Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan birga, ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimdagi va qonunchilikdagi yangiliklar targ‘ib qilindi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalari haqida tushuntirishlar berildi.

Amudaryo tumani markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Nazarxan ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanish borasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va sohadagi o‘zgarishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida sayyor qabul tashkillashtirildi.

5 mart kuni bo‘lib o‘tgan ushbu sayyor qabulda Davlat xizmatlari Agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi va fuqarolar yig‘ini mas’ullari, ovul faollari, hudud aholisi  ishtirok etdi.

Tadbirda mas’ullar dastlab yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining izchillik bilan takomillashtirilishi aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini berayotgani, ayniqsa, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish fuqaro va tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar tug‘dirayotgani haqida so‘z yuritdilar. Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan birga, ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimdagi va qonunchilikdagi yangiliklar targ‘ib qilindi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalari haqida tushuntirishlar berildi.

Shu kungi sayyor qabulda tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimlari tomonidan ham Nazarxon ovul fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor tartibda xizmat ko‘rsatildi. Shu yerning o‘zida Serjanov Almas Koshkarbayevich va Adilbayeva Mayra Jumabayevnaning, Aqnazarova Nursultan Yergaliyevich va Saparova Qoljamal Genjiboy qizining nikohlari qayd qilinib, buni tasdiqlovchi hujjatlar topshirildi. Bundan tashqari, ovul fuqarolari Timur Jumagaliyev va Aygerim Amanjolovalarning 2022 yil 2 mart kuni tug‘ilgan qiz farzandi Kisenbayea Uldana Timur qizining tug‘ilganligi qayd qilinib, tug‘ilish haqidagi guvohnomasi berildi.

Nazarxon ovuli tuman markazidan olisda joylashgani bois, aholi bunday xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelardi. Ovul fuqarolari xizmatdan foydalanish uchun uzoq yo‘l yurib vaqt va ortiqcha mablag‘ sarflagan holda markazga borishiga to‘g‘ri kelar edi. Endilikda aholining yashash joyiga kelib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani sababli og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘lmoqda. Mazkur sayyor qabulda ovul aholisi shu yerning o‘zida davlat xizmatlaridan foydalanishlariga imkoniyat yaratilganidan, uzog‘i yaqin qilinib, mushkuli oson bo‘lganidan juda xursand bo‘ldilar.

Umida Saparboyeva, tuman DXM bo‘lim boshlig‘i.