MAKTABGACHA TA’LIM SOHASI XODIMLARI UCHUN SЕMINAR O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya jarayonining ilk bosqichidir. Shu boisdan ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyati samaradorligini oshirishga, bolajonlarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashga va bolalarning qamrovini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu yilning 10 mart kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabning faollar zalida tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan seminar ham shu maqsadga qaratildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Ellikqal’a, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l tumanlari Maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ul xodimlari, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mutasaddilari va tizimdagi tashkilotlar rahbarlari, uslubchilar, tarbiyachilar ishtirok etdilar.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish”, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil etish, ish hujjatlarining yuritilishi”, “Ta’lim berishga kompetensiyaviy yondoshuv”, “Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Ellikqal’a, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari, Amudaryo tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildilar.

Ma’ruzalar yuzasidan tadbir ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarning har tomonlama, barkamol rivojlanishiga erishish uchun ularning nutqini, jismoniy chiniqishini, aqliy qobiliyatini o‘stirishga e’tiborni kuchayirish, ularning qobiliyatlarini shakllantirishga induvidual yondashish, mashg‘ulotlarni bolajonlarga yoqadigan tarzda qiziqarli tashkil etish bo‘yicha fikrlar, amaliy takliflar bildirildi.

Shunisi e’tiborliki, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini oshirishga, muassasalarda bolajonlarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirishga g‘amxo‘rlik kuchaymoqda.

Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ham ta’lim tizimining ilk bosqichi bo‘lgan mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom, har tomonlama rivojlangan va erkin shaxs sifatida shakllantirish, bolalarning qobiliyatlarini ochib berish, ta’lim olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Seminar bu boradagi ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishda muhim ahmiyat kasb etishi shubhasiz.

O.RAJABOVA.