Deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” ni namunali o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

10 mart kuni tuman hokimligining majlislar zalida deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik”ni namunali tarzda o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Duysenbay Utambetov, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Sharap Utemisov, tumanimizdan saylangan Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha darajadagi deputatlarning faolligini yanada oshirish bo‘yicha 9 martdan 19 martgacha “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilingani aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Duysenbay Utambetovning “Dolzarb 10 kunlik” loyihasinining ishlab chiqilish sabablari hamda ushbu tadbirni namunali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari tinglandi.

“Dolzarb 10 kunlik”ni o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan har bir deputat o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, «2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni ivojlantirish Strategiyasi”ning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida hamda davlatimiz rahbarining shu yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘istonga qilgan xizmat safari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib boradilar.

Qolaversa, Navro‘z umumxalq bayrami oldidan deputatlar o‘z saylov okrugidagi kam ta’minlangan va yordamga muhtoj aholi bilan muloqotda bo‘lib, ularning holidan xabar olishi va yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishi belgilangan. Deputatlar o‘z saylov okrugida sayyor qabullar, uchrashuvlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilib, aholiga yaxshi kayfiyat ulashish borasida ham faollik ko‘rsatishi zarur.

Shu o‘rinda aytish kerakki, pandemiya davrida karantin cheklovlari tufayli deputatlarning xalq bilan yuzma-yuz muloqot jarayonlari biroz susaydi. Galdagi vazifa esa aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, muammolarini tizimli va samarali tarzda hal qilishdan iboratdir.

Ma’lumot uchun, Amudaryo tumanidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga 6 nafar deputat saylangan bo‘lsa, tuman Kengashida 30 nafar deputat faoliyat olib boradi.

Yig‘ilish davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Sharap Utemisov aholining tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, yerdan unumli foydalanish, “Yashil yillik” aksiyasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish borasida ham deputatlar boshqalarga o‘rnak hamda namuna bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Ushbu tadbirlar xalq vakili sifatida faoliyat olib borayotgan deputatlarning o‘z saylovchilari bilan yanada yaqin muloqotda bo‘lib, joylardagi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati