Amudaryo tuman hokimligining rasmiy munosabati

Туман янгиликлари

Ma’lumki, 2022 yil 27 fevral kuni You Tube’ dagi “Nukus online” kanalida Nazarxan OFY aholisi tomonidan “Biz XIX asrda yashayapmiz'' mavzusida videomurojaat tarqalgan bo‘lib, ushbu murojaatda qator masalalar bo‘yicha e’tirozlar bildirilgan edi. Jumladan, Birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi yo‘qligi, imkoniyati cheklanganlarga yordam ko‘rsatilmasligi, o‘qituvchilarga xona yetishmasligi, gaz ballonlar vaqtida yetkazib berilmasligi, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini olishni shu yerning o‘zida tashkil qilish bo‘yicha murojaatlar bo‘lgan.

Ushbu masalar yuzasidan tegishli mutasaddilar va korxona, tashkilot rahbarlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida shular malum bo‘ldiki, hozirgi kunda, mahalla markazida Berdax oilaviy shifokorlik punkti mavjud bo‘lib, har kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi. Mahallaning tuman markazidan 50 km uzoqlikda joylashganligini hisobga olib, 1-post tez tibbiy yordam brigadasi Berqax OShP binosida joylashtirilgan, hamda aholiga tun-u kun uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordami sifatini yaxshilash, bolalar va o‘smirlarni milliy emlash dasturi doirasida Nazarxan OFY ga yana 2 ta tibbiyot punkti tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif berilganligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, 2022 yil yanvar oyida mahallada yashovchi barcha nogironlar tibbiy xatlovda o‘tkazilib maxsus online BAZA yaratilgan. Respublikamizda bolalikdan nogironlikni aniqlash uchun maxsus bolalar TMEK tashkil etilgan.

Bundan tashqari Nazarxan OFY hududida jolashgan 66-sonli maktab 120 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, hozirgi kunda 88 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Binoda 2017 yilgi dastur doirasida ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, o‘qituvchilar uchun 5,3x4,4 o‘lchamli xona mavjud. Hamda barcha zaruriy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Shuningdek, Bekbay aholi punkti Nazarxan OFY da joylashgan AGRES dan uzoq masofada joylashganligi uchun tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan. Shu sababli, ushbu aholi punkti suyultirilgan gazga moslashtirilgan bo‘lib, aholiga suyultirilgan gaz grafik asosida har oy muntazam ravishda yetkazib berilayotganligini ma’lum qilamiz.

Birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha, mart oyi yakunigacha Nazarxon OFYning chekka aholi punktlari aholisiga sifatli va hamyonbob mahsulotlar yetkazib berish maqasadida tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo  shahobchasi tashkil qilinishini ma’lum qilamiz. Mart oyidan boshlab Nazarxon OFY aholisiga un mahsulotlarini kafolatli yetkaziish maqsadida “Axror-Mirjalol” MCHJ biriktirildi. OFY markazidan uzoq bo‘lgan aholi punktlariga oziq-ovqat mahsulotlari yengil avtomabillarda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati