Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarining dastlabki natijalari haqida

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qaroriga muvofiq 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini sinov tarikasida ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi.

Aholining internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida to‘liq xabardor emasligi va maxsus axborot tizimidan (census.stat.uz) foydalanish bo‘yicha tushunchasi yetarli emasligi sababli 4 ta hudud bo‘yicha internet tarmog‘i orqali 10341 kishi (jami aholiga nisbatan 1,8 foiz) ro‘yxatdan o‘tdi. Hududlar bo‘yicha bu ko‘rsatkich Xo‘jaobod tumanida 2281 kishi (2,0 foiz), Yuqori Chirchiq tumanida 4229 kishi (3,0 foiz), Xiva shahrida 1301 kishi (1,5 foiz) va Yashnobod tumanida 2530 kishi (1,0 foiz) ro‘yxatga olindi.

Sinov jarayonlarida 80 ta planshet qurilmalaridan foydalangan holda ham ro‘yxatga olish ishlari olib borildi. Planshet usulida ro‘yxatga olish jarayonlari qog‘oz usuliga qaraganda kulayligi, tezkorligi va samaralirok ekanligi kuzatildi.

O‘n ikki kun davomida o‘tkazilgan ro‘yxatga olish jarayonlarida qog‘oz usulida bir nafar ro‘yxatga oluvchi o‘rtacha 350 tadan 400 tagacha shaxslarni ro‘yxatga olgan bo‘lsa, planshet usulida esa o‘rtacha 500 tadan 750 tagacha to‘g‘ri keldi.

Shu sababli ish unumdorligini oshirish maqsadida 2023 yilda butun respublikamizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini qog‘oz usulidan voz kechgan holda Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalaridan foydalangan holda o‘tkazish taklif etilmoqda.

Amudaryo tumani Statistika bo‘limi