Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha darajadagi deputatlarning faolligini yanada oshirish maqsadida 9 martdan 19 martgacha deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilingan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari o‘tkazish orqali xalq bilan muloqotni yanada yaxshilash, xalq vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashdagi ishtirokini oshirishdan iboratdir.

Bu borada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputatlar ham faollik ko‘rsatishmoqda.

14 mart kuni 33-O‘zbekiston saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga saylangan deputat Yaxshimurod Ahmedov o‘z saylov okrugidagi O‘zbekiston va Qizilcholi mahallalarida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparati rahbari Madamin Kazakov, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xududdagi mahalla faollari qatnashishdi.

Saylovchilar bilan uchrashuv davomida 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining mazmun-mohiyati hamda axamiyati bo‘yicha, qolaversa, Prezidentimizning joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning bajarilishi xaqida saylovchilarga keng turda tushuntirish berildi.

Uchrashuvdan so‘ng, xududdagi 95 yoshli nuroniy onaxon Xaticha Xaytimbetovaning holidan xabar olinib, Navro‘z bayrami oldidan sovg‘a-salomlar berildi. Shuningdek deputat, yakka tartibda ta’lim olayotgan, bolalikdan imkoniyati cheklangan Sherzod Xolbayevning xonadonida bo‘lib holidan xabar oldi hamda unga o‘quv qurollaridan iborat sovg‘alarni topshirdi.


Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputat G‘.Еshniyozov ham o‘z saylov okrugida bo‘lib, Kuyuk ko‘pir OFY raisi, ovuldagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga 1 qopdan un hamda mevali daraxt ko‘chatlarini sovg‘a qildi.

Madamin Kazakov, O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari