«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil daraxtzorlar barpo etilmoqda

Туман янгиликлари

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, o‘zimiz yashab turgan hududni yashil makonga aylantirish ham azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shu bois, ajdodlarimiz juda qadimdan guzar yo‘llar bo‘ylari, ekinzorlarning chetlariga, ko‘chalar yoqalatib turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishgan va buni o‘z farzandlari uchun ham doimiy an’anaga aylantirishgan. Mamlakatimizda yashil hududlar barpo etish, ekilgan har bir tup niholni avaylab-asrash, uning tuproqqa ildiz qo‘yib, unib-o‘sib ketishini ta’minlash maqsadida har yili kuzgi va bahorgi ko‘chat ekish mavsumiga alohida puxta taraddud ko‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda daraxt ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Amudaryo tumanida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida 1 million 159 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

13 mart kuni Amudaryo tumaniga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov va mazkur qo‘mita mutasaddilari Amudaryo tumani xokimi Sultonboy Yo‘ldashev bilan birgalikda Oq oltin ovuli hududidagi “Oq oltin Amudaryo” fermer xo‘jaligida bo‘lishib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar va ushbu jarayonga o‘z hissalarini qo‘shib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqasiga, qishloq xo‘jaligi yerlari atroflaridagi ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi muassasalar hududlariga, shuningdek, korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi hududlar va ob’ektlarda iqlim sharoitimizga mos mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumandagi ovul va mahallalar hududlarida 2021 yil kuz mavsumida 434,6 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilib, shundan 1,5 ming dona viagra archasi, 2 ming dona sharq tuyasi, 3 ming dona yapon saforasi, 10,6 ming dona katalpa, 9,5 ming dona shumtol, 15,9 ming dona qayrag‘och ko‘chatlari ekildi. Bundan tashqari, 2 ming dona jiyda, 24,5 ming dona tut, 6,1 ming dona zarang, 5,5 ming dona akatsiya, 13 ming dona terak, 920 ming dona suriya atirguli, boshqa turdagi 315 ming dona manzarali daraxtlar, 49 ming dona yong‘oq daraxtlari, ming dona uzum, shuningdek, 44 ming dona qalamcha shaklidagi ko‘chatlar ekildi.

Hozirgi kunda ushbu ekilgan ko‘chatlarning holatlari o‘rganilib, sug‘orish tizimi xamda parvarishlash bo‘yicha nazorat qilish va xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Tumanimizda bahorgi ko‘chat ekish mavsumiga ham puxta taraddud ko‘rildi. Avvalo ko‘chat ekiladigan hududlar xaritasi tuzilib, ekiladigan ko‘chatlarni yer, suv sharoitiga mutanosib ravishda joylashtirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. Ayni paytda 2022 yil bahor mavsumida 724,4 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilgi ekish mavsumida 500 dona viagra archasi, 800 dona sharq tuyasi, 1,3 ming dona yapon saforasi, 4,6 ming dona katalpa, 4,5 ming dona shumtol, 6,3 ming dona qayrag‘och, 800 dona jiyda, 34,3 ming dona tut ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 3 ming dona zarang, 2,4 ming dona akatsiya, 7,7 ming dona terak, 400 dona suriya atirguli, 146 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari, 24,7 ming dona yong‘oq, 6,5 ming dona uzum, 136,2 ming dona qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

N.Uzakboyev, Amudaryo tumani nazorat bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i.