SUD MAS’ULLARINING UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumanidagi Davlat soliq inspeksiyasi binosida sud mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022 yil 11 mart kuni ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi S.Davletmuradov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi J.Urazboyev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Ashirboyev va tuman DSI xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida sud mas’ullari qonunchilikdagi o‘zgarishlar, hujjatlarning amaldagi ijrosi va shu kabi masalalar yuzasidan so‘z yuritdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosini ta’minlash borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, uning oldini olish chora-tadbirlari, korrupsiya holatlari bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari, ularga nisbatan qo‘llanilgan jazolar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berilib, bu kabi jinoyatlarga  yo‘l qo‘ymaslik borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

S.Davletmuradov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi.