NOGIRONLIGI BO‘LGANLAR VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QO‘LLAB-QUVVATLANADI

Туман янгиликлари

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirish  maqsadida 2022 yil 1 apreldan boshlab, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha oshirilishi belgilandi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning  parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida  — parvarishlash nafaqasi joriy etiladi. Bunda, parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shu yil 1 apreldan boshlab, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi, 1 oktabrdan ularning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etilib boriladi.

Moliya vazirligi  Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi  Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2022 yilning oktabr oyidan boshlab, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va OIV keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda «proaktiv shakl»da tayinlash tizimi joriy etiladi.

D.Pirmanov, tuman Madad HMB bosh mutaxassisi.