YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING HUQUQIY ASOSLARI TAKOMILLASHMOQDA

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Shu yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlarga oid davlat siyosatida ham tarixiy va olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

 2021 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida” gi qaror ham yoshlar hayotida keskin burilish yasadi. Ushbu konsepsiya doirasida 2021-2022 yillar uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, jamiyatning turli sohalarida yoshlarning rolini oshirishga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda yoshlarning huquqlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish borasida Adliya vazirligi tomonidan ko‘plab tizmli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, chekka-chekka hududlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilayotgan keng qamrovli ishlar, bugun o‘z samarasini namoyon etmoqda.

Jumladan, Amudaryo tumani Adliya bo‘limi tomonidan tumanning olis qishloqlarida, “Huquqiy axborot kuni” haftada bir marotaba o‘tkazilib, yoshlarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat hamda takliflar ham berib o‘tilmoqda.

Bu ham Uchinchi renesans poydevori hisoblanayotgan yoshlar siyosatida ular bilan tizimli ishlash bo‘yicha yangi o‘ziga xos tartib va mexanizmlar joriy etilganidan dalolatdir.

Amudaryo tumani Adliya bolimi

bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov.