MAKTABDA VATANPARVARLIK DARSI TASHKIL ETILDI

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ‘iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlar safini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Tuman Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari 40-sonli maktabda vatanparvarlik darsini tashkil etdilar. O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu borada kitobxonlikning ahamiyati va o‘rnini anglatish maqsadidagi ushbu mashg‘ulot davomida insoniyat tamaddunida kitobning tutgan o‘rni, adabiyot va zamon, badiiy asarlardagi Vatanga muhabbat mavzulari, kitobxonlik madaniyati xususida so‘z bordi. Yoshlarni kitobga oshno etish, kitob mutolaasini odobning ajralmas me’yorlaridan biriga aylantirish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi, ulug‘ ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi bilan tanishib borish uchun muntazam ravishda kitoblarni o‘qib borish kerakligi ta’kidlandi.

Bo‘lim xodimlari o‘quvchi-yoshlar bilan turli mavzulardagi kitoblar xususida suhbatlashib, kitobxonlik bo‘yicha savol-javob o‘tkazdilar.

E.Yusupov, tuman Qo‘riqlash

bo‘limi guruh komandiri.