IJARAGA BЕRILGAN YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA TUSHUNCHALAR BЕRILDI

Туман янгиликлари

Hududlarda ochiq elektron tanlov g‘olibi bo‘lgan fuqarolarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish tartib-qoidalarini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Shu yil 19 mart kuni Oq oltin, To‘lqin, Kuyuk ko‘pir va Amir Temur nomli ovullarda hamda O‘zbekiston, Bosuv mahallalarida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishlarda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi mas’ullari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Q.Atamuradov, tuman mahallaboy ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i J.Davletovlar ishtirok etdilar. Mas’ullar ochiq elektron tanlov g‘olibi bo‘lgan fuqarolarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish tartib-qoidalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berdilar. Shuningdek, ijarachilarga yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ham tarqatildi.

Hududlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlar davomida ishtirokchilar ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qonunga muvofiq foydalanish bo‘yicha keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javoblar oldilar.

J.O‘razboyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi.